Новости

Последние новости

YOSHLAR MASLAHATI GURUHI A’ZOSIGA METODIK KO‘RSATMALAR BERILDI

 YOSHLAR MASLAHATI GURUHI A’ZOSIGA METODIK KO‘RSATMALAR BERILDI
🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi faoliyatini samarali tashkil etish, yoshlar maslahati guruhi ishlarini takomillashtirish hamda deputatlar bilan yoshlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash maqsadida metodik ko‘mak berildi.
🤝 Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi E. Turayev tomonidan Yoshlar maslahati guruhi a’zosi Sh. Urolovga guruh faoliyatini tashkil etish, belgilangan vazifalarni tizimli amalga oshirish, deputatlar bilan hamkorlikda ishlash hamda yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan metodik ko‘rsatmalar berildi.
📝 Shuningdek, ishlarni reja asosida tashkil etish, topshiriqlar ijrosini nazorat qilish va amalga oshirilgan ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
✅ Maqsad — Yoshlar maslahati guruhi faoliyatini tizimli yo‘lga qo‘yish, yoshlarning salohiyati va tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish hamda deputatlik faoliyatida yoshlar ishtirokini kengaytirish.

Slide 1 of 2