Новости

Последние новости

янв.21
📌 FUQARO MUROJAATI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
🏫 MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
QIZILQUM MADANIYAT UYI TOMOSHALAR ZALINING HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏗 “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
📌 AYTИM MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
📌 FUQOROLAR QABULI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
🏛 FUQORO MUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
YO‘LCHILAR OFYDA BOLALAR VA SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTATLIK NAZORATI: MEHNATNI MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
♿️ INKLYUZIV TA’LIM SHAROITLARI O‘RGANILDI
IPAKCHI MAHALLASIDA IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ OILALAR HOLATI XONADONMA-XONADON O‘RGANILDI

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash, oilalarning real ehtiyojlarini aniqlash va mavjud muammolarga manzilli yechim topish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori hamda mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya ijrosini ta’minlash doirasida 2-Saxovat saylov okrugidagi Ipakchi mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish ishlari davomida reyestrga kiritilgan fuqarolarning yashash sharoiti va ijtimoiy ehtiyojlarini bevosita joyida baholash maqsadida 2-Saxovat saylov okrugi deputati S.Azizov va kotibiyat bosh mutaxassisi Z.Yakubova ijtimoiy xodim hamrohligida xonadonma-xonadon o‘rganishlar ham o‘tkazildi. Bunda oilalarning mavjud sharoiti, kundalik hayotida duch kelayotgan muammolari hamda zarur ijtimoiy ko‘makka bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlashga e’tibor qaratildi.

Zero, har bir oilaning holatini joyiga chiqib o‘rganish — yordamning haqiqatan ham ehtiyojmand fuqarolarga yetib borishini ta’minlashdagi muhim qadam. Ijtimoiy reyestrdagi raqamlar ortida real insonlar, oilalar va ularning kundalik tashvishlari mujassam. Shu bois muammolarni yuzaki emas, balki har bir xonadon misolida tahlil qilish, aniqlangan ehtiyojlar asosida tegishli choralarni belgilash muhim ahamiyatga ega.

Mazkur o‘rganishlar mahalladagi ijtimoiy vaziyatni chuqurroq anglash, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash ishlarini manzilli tashkil etish hamda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan vazifalar ijrosini deputatlik nazorati asosida kuzatib borishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2