Новости

Последние новости

янв.21
📌 FUQARO MUROJAATI JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
🏫 MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
QIZILQUM MADANIYAT UYI TOMOSHALAR ZALINING HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
🏗 “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
📌 AYTИM MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
📌 FUQOROLAR QABULI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
🏛 FUQORO MUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
YO‘LCHILAR OFYDA BOLALAR VA SPORT MAYDONCHALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTATLIK NAZORATI: MEHNATNI MUHOFAZA QILISH TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
♿️ INKLYUZIV TA’LIM SHAROITLARI O‘RGANILDI
#24_ta_masala #deputat_daftar #murojaat_va_ijro

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A. Oripov, Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengash kotibiyati mudiri M.Xujanov, tuman Kengashi deputati Yu.Hakimov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqovlar tomonidan “Xo‘jasoat” mahallasida amaliy o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.

🔍 O‘rganish jarayonida “Yangi O‘zbekiston qiyofasi” dasturi doirasida mahalla hududidagi xonadonlarga borilib, fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qilindi. Aholini qiynab kelayotgan muammolar, ularning murojaatlari, taklif va tashabbuslari bevosita joyida o‘rganildi.

📋 Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar atroflicha tahlil qilinib, aniqlangan masalalarni hal etish imkoniyatlari, mas’ul tashkilot va idoralarning vakolatlari belgilab olindi.

📨 Muammolarni qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish, ularning ijrosini ta’minlash hamda natijadorligini nazoratga olish maqsadida tegishli tashkilot va idoralarga deputatlik so‘rovlari yuborish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

🤝 Shuningdek, ochiq va samimiy muloqot davomida mahalla hududidagi ijtimoiy va infratuzilmaga oid masalalar yuzasidan fuqarolarning taklif va mulohazalari tinglandi.

📌 Bunday amaliy o‘rganishlar aholini qiynayotgan muammolarni xonadonbay aniqlash, fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida va manzilli munosabat bildirish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda muammolarga amaliy yechim topishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🇺🇿 “Yangi O‘zbekiston qiyofasi” — inson manfaatlari, aholi farovonligi va har bir fuqaroning murojaatiga e’tibor qaratilgan amaliy ishlar orqali namoyon bo‘ladi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 8