Новости

«Kunchiqish» mahallasida «Yangi O‘zbekiston qiyofasi» yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi

#Yangi_Ozbekiston_qiyofasi
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#nazorat_tahlil #murojaatlar_daftari

«Kunchiqish» mahallasida «Yangi O‘zbekiston qiyofasi» yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashiga 15-Zarkamar saylov okrugidan saylangan deputat A. Xolmo‘minov tomonidan o‘zi saylangan hududdagi «Kunchiqish» mahallasida Hurmatli Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan selektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida har bir ko‘cha va xonadonni «Yangi O‘zbekiston qiyofasi»ga keltirish, hududlarni obodonlashtirish hamda mavjud muammolarni aniqlash bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla hududidagi ko‘chalar, xonadonlar atrofi va umumiy foydalanishdagi joylarning obodonlashtirish holati ko‘zdan kechirildi. Hududni toza va ozoda saqlash, ko‘chalarni tartibga keltirish, xonadonlar atrofini obodonlashtirish hamda aholi uchun qulay sharoitlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, aholi va ko‘chaboshilar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning mavjud muammolari, taklif va mulohazalari tinglandi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar “Murojaatlar daftari”ga qayd etilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.

Suhbatlar davomida mahallani yanada rivojlantirish, hudud infratuzilmasini yaxshilash, obodonlashtirish ishlarini kuchaytirish hamda aholi uchun qulay sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilinib, bu borada amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati doirasida davom ettiriladi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 7