35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

#ijtimoiy xizmat #deputat faoliyati #24_ta_tavsiya

Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash, ularga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish hamda tizim samaradorligini taʼminlash — doimiy eʼtiborda.
Shu munosabat bilan, Olmaliq shahar hokimligi Kotibiyat mudiri Sevar Qodirova boshchiligida  Abdulla Qahhor mahallasida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodim faoliyati harataraflama oʻrganildi.

Oʻrganish jarayonida:
Mahalla hududidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta'minlangan hamda ko'makka muhtoj oilalar bilan ishlash tizimi koʻzdan kechirildi;
Ijtimoiy xodim tomonidan yuritilayotgan asosli hujjatlar, fuqarolar murojaatlari va ularga koʻrsatilgan amaliy yordamlar tahlil qilindi;
Mahalla drayveridan kelib chiqqan holda, manzilli ijtimoiy koʻmak berish mexanizmlari muhokama etildi.

Oʻrganish natijalariga koʻra, ijtimoiy xodimning masʼuliyatini yanada oshirish, aholining ehtiyojmand qismini oʻz vaqtida va sifatli qoʻllab-quvvatlash hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha zarur koʻrsatma va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3