35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

📚 Ta’lim — kelajak poydevori!

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat I.Qodirova Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan “O‘zbekiston” mahallasidagi 58-son umumta’lim maktabida bo‘ldi.

🏫 Tashrif davomida maktabning 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni atroflicha o‘rganildi. Jumladan, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari, ta’lim muassasasining moddiy-texnik holati hamda o‘quvchilar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Deputatlik nazorati — muammolarni joyida o‘rganish, mavjud kamchiliklarni aniqlash va ularning yechimiga amaliy ko‘mak ko‘rsatishning muhim vositasidir.

🌱 Bugun maktabga yaratilgan sharoit — ertangi kun uchun yaratilgan imkoniyatdir!

Slide 1 of 5