35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

#162_qonun

Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashining 25-Yangi Toyloq saylov okrugi deputati M. Aminova tomonidan Toyloq tumani Mudofaa ishlari bo‘limi xodimi D. Dligirova bilan hamkorlikda “Charog‘bon” mahallasida muddatli harbiy xizmatga chaqiruv masalalari o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalla faollari bilan birgalikda chaqiruv yoshidagi fuqarolar holati ko‘rib chiqilib, bir yillik muddatli harbiy xizmatga yuborish bo‘yicha nomzodlar belgilab olindi.

Mazkur ishlar O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrdagi 436-II-son “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida amalga oshirildi.

Deputat tomonidan yoshlarni Vatan himoyasiga tayyorlash va harbiy xizmatga chaqiruv jarayonlarini qonuniylik asosida tashkil etishga munosib hissa qo‘shilmoqda.

Slide 1 of 3