#24_ta_masala
📍 XONADONBAY O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi O. Tursunov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Xo‘janazarov tomonidan Xo‘jaqiya-1 mahallasida yashovchi fuqaro A. Abdusamatov xonadoniga tashrif buyurildi.
🏡 Tashrif davomida xonadonda amalga oshirilayotgan tomorqa ishlari, xususan, anor yetishtirish jarayoni bilan yaqindan tanishildi.
🍎 Xonadonda yetishtirilayotgan anorning holati, hosildorligi va tomorqadan samarali foydalanish borasidagi tajribalar o‘rganildi. Fuqaroning tomorqadan unumli foydalanib, daromad manbasini kengaytirishga qaratilgan sa’y-harakatlari e’tirof etildi.
🤝 Bunday xonadonbay o‘rganishlar aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, oilaviy daromadlarni oshirish va mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanishni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube