35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berilmoqda

Aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berilmoqda

Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi deputati L. Niyozova Demas mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar xonadonlarida bo‘lib, aholi bilan yaqindan suhbatlashdi.

Uchrashuvlar davomida fuqarolarning daromadlarini oshirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, tadbirkorlik va tomorqadan unumli foydalanish masalalari yuzasidan zarur tavsiya va tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyati fuqarolarga tushuntirildi.

Uchrashuvlarda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularga ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar va yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 3