35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

#deputat_nazorati #Oʻrganish #murojaatga_yechim #kunlik_ish_reja

Yangi 2026–2027-o'quv yilining ilk kunidan boshlab ta'lim dargohlarida jarayonlar qizg'in tus oldi. Xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashi kotibiyati mudiri N.Toychiyeva Buloqboshi tumanidagi 16-umumiy o'rta ta'lim maktabida bo'lib, tuman Kengashi kotibiyati N.Xolmatova bilan birgalikda o'quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

O'rganish davomida sinf xonalari, o'quv qurollari va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati ko'zdan kechirildi. Shuningdek, o'quvchilar bilan samimiy muloqot qilinib, ularga darslarda faol bo'lish, chuqur bilim olish va kelgusida yurtimiz ravnaqi yo'lida yetuk mutaxassis bo'lib yetishishlari yo'lida ezgu tilaklar bildirildi.
Yosh avlodning sifatli ta'lim olishi uchun yaratilayotgan sharoitlar mamlakatimiz kelajagining mustahkam poydevoridir.

Slide 1 of 3