35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

#Buloqboshi #Xalq_deputatlari #Xonadonbay #Deputat_faoliyati #Aholi_murojaatlari

Aholi murojaatlari — doimiy e'tibor markazida!
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashi 24-Toshkechik saylov okrugi deputati M.Xuriboyev o'ziga biriktirilgan tashkilot vakili bilan birgalikda mahallada xonadonbay tarzda aholi bilan uchrashuvlar tashkil etdi.
Uchrashuv davomida fuqarolarning dardu tashvishlari, ularni qiynab kelayotgan muammolar va turli masaladagi murojaatlari yaqindan tinglandi. Har bir murojaatni ijobiy hal etish, joyida bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilanib, mas'ullarga aniq vazifalar yuklatildi.
Shuningdek, aholi vakillariga mavjud imkoniyatlar, ijtimoiy yordamlar va qonunchilikdagi yangiliklar yuzasidan tushuntirishlar berildi. Xalq bilan muloqot qilish, ularning muammolariga yechim topish — davlatimiz siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri bo'lib qolmoqda.

| Web.sayt | Telegram | Facebook | Youtube| Instagram |

Slide 1 of 6