35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

GAZ TA’MINOTI HOLATI JOYIDA O‘RGANILMOQDA

GAZ TA’MINOTI HOLATI JOYIDA O‘RGANILMOQDA

📈Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan tuman gaz ta’minoti rahbarining hisoboti oldidan hududlarda gaz ta’minoti bilan bog‘liq holatlarni o‘rganish ishlari davom etmoqda.

🔼Shu doirada xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati X. Sulaymonova tomonidan Yangiobod mahallasidagi 2-ko‘cha — Ustalar ko‘chasida o‘rganish ishlari olib borildi.

🌐Ma’lumotlarga ko‘ra, mahallada jami 9 ta ko‘cha mavjud.

🕯Deputat o‘rganish davomida Ustalar ko‘chasi ko‘chaboshisi E. Abdullayev hamda fuqarolar bilan suhbatlashib, hududdagi gaz ta’minoti, mavjud muammolar va aholining taklif-mulohazalarini o‘rgandi.

⚠️Aniqlangan masalalar navbatdagi sessiyada tuman gaz ta’minoti rahbarining hisoboti muhokamasi jarayonida tegishli tartibda ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.

Slide 1 of 1