35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

24 tavsiya ijrosi doirasida amaliy ishlar davom etmoqda

Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 tavsiya asosida hududlarda o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi 16-Yorboshi saylov okrugi deputatlik o‘rni vakant bo‘lganligi sababli, shahar Kengashi kotibiyatining bosh mutaxassisi Avazbek Appaqov tomonidan "Yorboshi" MFYda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

O‘rganish davomida mahalla raisi bilan birgalikda hududdagi ko‘chalarni shag‘allashtirish va asfaltlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi hamda aholi vakillari bilan suhbatlashildi.

Hudud infratuzilmasini yaxshilash va aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan amaliy ishlar davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 3