Shifobuloq mahallasida DMTT qurilishi o‘rganildi
#Ish_reja_ijrosi
#24_ta_masala
✅ Shifobuloq mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-141-sonli qarori doirasida barpo etilayotgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining qurilish jarayoni o‘rganildi.
✅ Mazkur jarayon tuman Kengashi raisi B. Xaitov hamda Kengash kotibiyati mudiri O. Murodov tomonidan joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.
✅ O‘rganish davomida qurilish ishlarining borishi, obyektda amalga oshirilayotgan ishlarning sifati, belgilangan talablar asosida olib borilayotgani hamda qurilishning o‘z vaqtida yakunlanishi masalalariga e’tibor qaratildi.
✅ Mas’ullarga qurilish ishlarini sifatli tashkil etish, belgilangan muddatlarga qat’iy rioya qilish hamda kelgusida mahalla aholisi, ayniqsa, maktabgacha yoshdagi bolalar uchun zamonaviy va qulay shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
✅ Ushbu obyektning foydalanishga topshirilishi Shifobuloq mahallasidagi bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.