🏛 Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda
📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
📝 Yig‘ilish kun tartibidagi navbatdagi masala — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Sherobod tumanidagi Xalq qabulxonasining 2026-yil I yarim yilligi yakunlari bo‘yicha aholi murojaatlari bilan ishlash holati hamda ayrim davlat tashkilotlarida murojaatlarni ko‘rib chiqish va ularni ijobiy hal etish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi axborotni muhokama qilishdan iborat.
🎙 Mazkur masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Sherobod tumanidagi Xalq qabulxonasi bosh mutaxassisi J. Jo‘rayevning axboroti tinglanmoqda.
🤝 Yig‘ilish davomida taqdim etilgan axborot yuzasidan doimiy komissiya a'zolari tomonidan fikr va takliflar bildirilib, murojaatlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan masalalar muhokama qilinmoqda.