Новости

📍 Amudaryo tumanida fuqarolar qabuli o‘tkazildi

Qabul davomida 44 nafar fuqaro tomonidan 49 ta murojaat kelib tushdi. Murojaatlarning asosiy qismini bandlik, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda subsidiya asosida uskunalar ajratish masalalari tashkil etdi.

Murojaatlarning aksariyatiga qabul jarayonining o‘zida huquqiy tushuntirishlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab etadigan masalalar nazoratga olinib, ularni qonuniy va ijobiy hal etish yuzasidan mas’ul mutasaddilarga aniq muddatli topshiriqlar berildi.

Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, ularning muammolariga yechim topish hamda aholi manfaatlarini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 3