Новости

📚 “Dolzarb 90 kunlik” doirasidagi ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashi deputati, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat hamda kotibiyat mudiri Q.Bobojonov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Utegenov Pastki Kerayit mahallasida sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan o‘rganish ishlarini olib bordilar.

O‘rganish jarayonida 19-sonli umumta’lim maktabida “Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida o‘quvchilarning yozgi ta’tilini mazmunli va samarali tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning qiziqish va iste’dodlarini qo‘llab-quvvatlash hamda sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishga qaratilgan bunday tashabbuslar doimiy e’tiborda bo‘lib qoladi.

Slide 1 of 8