Новости

5-Charx Kamolon saylov okrugi deputati D.A. Maxmudova hududdagi madaniyat muassasalari faoliyatini o‘rgandi.

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashining 5-Charx Kamolon saylov okrugi deputati Maxmudova Donoxon Artikovna hududdagi madaniyat muassasalari va kutubxonalar faoliyatini o‘rgandi.

Jarayonda muassasalarning moddiy-texnik bazasi, aholiga ko‘rsatilayotgan madaniy-ma'rifiy xizmatlar sifati, kutubxona fondining holati, kitobxonlikni ommalashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar hamda yoshlarni mutolaaga keng jalb etishga qaratilgan faoliyat tahlil qilindi.

Shuningdek, mas'ul xodimlar bilan o‘tkazilgan muloqot davomida sohani yanada rivojlantirish, mavjud muammolarni bartaraf etish va xizmatlar sifatini oshirish yuzasidan taklif hamda mulohazalar bildirildi.

Deputat tomonidan madaniyat va ma'rifat sohasini qo‘llab-quvvatlash, kutubxonalar faoliyatini yanada takomillashtirish hamda aholining, ayniqsa yoshlarning ma'naviy salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish muhimligi alohida ta'kidlandi.

Slide 1 of 3