📌 KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH – HAR BIR FUQARONING MAS’ULIYATI
O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ–419-son Qonuni korrupsiyaning oldini olish, unga qarshi samarali kurashish hamda jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan muhim huquqiy hujjat hisoblanadi.
🔹 Korrupsiya nima?
Qonunga ko‘ra, korrupsiya — mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy yoki boshqa shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab noqonuniy foydalanish, shuningdek bunday manfaatni noqonuniy ravishda taqdim etishdir.
🔹 Qonunning asosiy prinsiplari:
✔️ qonuniylik;
✔️ ochiqlik va shaffoflik;
✔️ fuqarolar huquq va manfaatlarining ustuvorligi;
✔️ davlat va fuqarolik jamiyati hamkorligi;
✔️ korrupsiyaning oldini olish choralari ustuvorligi;
✔️ javobgarlikning muqarrarligi.
🔹 Korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy yo‘nalishlari:
• aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish;
• korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
• korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish;
• javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash.
🔹 Har bir davlat xizmatchisining majburiyati
Davlat organlari xodimlari korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida xabardor bo‘lgan taqdirda, bu haqda rahbariyatga yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ma’lum qilishi shart.
🔹 Xabar bergan shaxslar himoyada
Qonunga muvofiq, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida xabar qilgan fuqarolar va ularning yaqin qarindoshlari davlat himoyasi ostida bo‘ladi.
🤝 Korrupsiyaga qarshi kurashish faqat davlat organlarining emas, balki har bir fuqaroning fuqarolik burchidir. Halollik, shaffoflik va qonuniylik tamoyillariga amal qilish orqali adolatli jamiyat barpo etishimiz mumkin.