Новости

#Jarayon

Loyihaning umumiy qiymati 4 milliard 912 million so‘mni tashkil etib, qurilish ishlari belgilangan reja asosida sifatli va o‘z vaqtida bajarilmoqda.

Mazkur yangi o‘quv binosining foydalanishga topshirilishi natijasida maktabning o‘quv quvvati oshib, o‘quvchilar uchun yanada qulay va zamonaviy ta’lim muhiti yaratiladi. Shuningdek, ta’lim sifatini yuksaltirish hamda yoshlarning bilim olishi uchun zarur shart-sharoitlarni kengaytirishga xizmat qiladi.

Amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari Prezidentimiz tomonidan ta’lim sohasiga qaratilayotgan yuksak e’tiborning amaliy ifodasi bo‘lib, yosh avlodning barkamol va bilimli bo‘lib voyaga yetishiga mustahkam zamin yaratmoqda.


Mamarajapov Bahrom Xurramovich
Xalq deputatlari Qumqo’rg’on tuman kengashi deputati

Slide 1 of 5