Новости

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati mudiri N. Turdiyev tomonidan Oqoltin tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlar ijrosini mazmunli o‘rganish hamda samarali nazoratni amalga oshirish maqsadida ATB “Agrobank” tuman filialida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida rejaning 39–41-bandlariga muvofiq, “Biznesga birinchi qadam” dasturi doirasida 75 nafar fuqaroga jami 1 110 000 000 so‘m miqdorida, shuningdek “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” dasturi asosida 11 nafar fuqaroga 1 020 000 000 so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratilganligi aniqlandi.

Mazkur dasturlar hududda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash hamda kichik biznes subyektlarini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda

Slide 1 of 3