Новости

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan 7-Boshcho‘rosh saylov okrugi hududidagi Xosa mahallasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va ichki yo‘llarning holati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

#Kotibiyat_mudiri_faoliyati

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov tomonidan 7-Boshcho‘rosh saylov okrugi hududidagi Xosa mahallasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va ichki yo‘llarning holati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-330-sonli qarori asosida mahalladagi ichki yo‘llarning 3,5 kilometr qismida asfaltlashtirish ishlari amalga oshirilgan.

O‘rganish davomida hududdagi mavjud yo‘llarning texnik holati, aholining qatnovi uchun yaratilayotgan sharoitlar hamda olib borilayotgan asfaltlashtirish ishlarining sifati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, fuqarolar bilan suhbatlashilib, ularni qiynab kelayotgan yo‘l infratuzilmasiga oid masalalar yuzasidan fikr va takliflari tinglandi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|

Slide 1 of 3