Ekologiya partiyasidan Xalq deputatlari Xo‘jayli tuman Kengashiga saylangan deputat G.Kallibekova tomonidan tumandagi 18-sonli umumta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Kitob mutolaasi madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-9-sonli qaroriga asosan olib borilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
Deputat ushbu joy rahbarlari bilan sohadagi kamchiliklar, muammolar bo‘yicha suhbatlashdi.