Новости

DEPUTATLIK SO‘ROVI AMALDA: KO‘CHALAR SHAG‘ALLASHTIRILDI

❇️ Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati X.Turdiyev tomonidan Gulobod mahallasidagi S. Ahmad ko‘chasi hamda unga tutash ichki yo‘llarni shag‘allashtirish masalasi ko‘tarilib, Pastdarg‘om tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.

🚧 Mazkur murojaat asosida qisqa muddatda amaliy ishlar olib borilib, S. Ahmad ko‘chasi va uning atrofidagi ko‘chalar shag‘allashtirildi.

✅ Natijada hudud aholisi uchun qulay harakatlanish sharoitlari yaratilib, yo‘llarning holati sezilarli darajada yaxshilandi.

✍️ Aholidan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va amaliy yechimlar bilan ta’minlash deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 2