Новости

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi raisi A.Tovboev tomonidan “Ko‘paki” mahallasi Emalach qishlog‘ida yashovchi, uy sharoitida ko‘p yillardan buyon tikuvchilik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan fuqaroning murojaati joyiga chiqib o‘rganildi.

#Kengash_raisi_faoliyati

O‘rganish jarayonida fuqaroning faoliyati, yaratilgan sharoitlar hamda tikuvchilikni kengaytirish uchun mavjud imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi. Hozirda fuqaro o‘z ishini kengaytirish va kasb o‘rgatish faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun qo‘shimcha sharoitga ehtiyoj sezayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur murojaat yuzasidan tegishli tashkilot va idoralarga deputat so‘rovlari yuborilishi hamda amaldagi tartiblar asosida amaliy yordam ko‘rsatilishi belgilandi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram

Slide 1 of 2