Новости

Deputat mahalla aholisi murojaatlarini o‘rgandi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning ‘mahalla yettiligi’ bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida joylarda o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.

Mazkur jarayon doirasida Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati O.Kashkarov “Minor” mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvdan asosiy maqsad — hududdagi mavjud muammolarni o‘rganish, aholining taklif va murojaatlarini tinglash hamda ularni hal etish bo‘yicha amaliy choralarni belgilashdan iborat bo‘ldi.
Muloqot davomida fuqarolar tomonidan quyidagi masalalar ko‘tarildi:

✅ “Kazakhstan” turar joy majmuasi va poliklinika oralig‘idagi yo‘lni asfaltlash zarurati;

✅ 122-“A” uy bo‘ylab joylashgan ko‘chani asfaltlash masalasi.
Deputat tomonidan bildirilgan murojaatlar o‘rganilib, tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish hamda ijrosini nazoratga olish yuzasidan zarur choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3