Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi huzurida tashkil etilgan Xalqparvar komissiyaning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda tumanda barpo etilayotgan ko‘p qavatli uy-joylarni sifatli qurish, qurilish ishlarida belgilangan talab va me’yorlarga qat’iy rioya etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, aholi uchun qulay va xavfsiz yashash muhitini yaratish, qurilish jarayonlarida sifat nazoratini kuchaytirish hamda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada samarali tashkil etish yuzasidan tegishli taklif va vazifalar belgilab olindi.