📌 Deputatlik so‘rovi ijrosi ta’minlanmoqda
📨 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 12-Cho‘mishli–Taroqli saylov okrugi deputati F. Shermuxamedova tomonidan Taroqli mahallasida o‘tkazilgan deputatlik nazorati davomida aniqlangan muammo yuzasidan Sherobod tuman “Yo‘llardan foydalanish” davlat muassasasiga deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.
🛣 Mazkur so‘rovda “Taroqli” D-164 “Sherobod shahri – Surxon temir yo‘l stansiyasi” avtomobil yo‘lining 27-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamda 8-son Bolalar musiqa va san’at maktabi oralig‘idagi qismi ta’mirtalab holatga kelib qolgani ko‘tarilgan edi.
✅ Sherobod tuman “Yo‘llardan foydalanish” davlat muassasasi tomonidan tegishli tartibda ko‘rib chiqilib, ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi haqida ma’lum qilingan.