Новости

🔰Fuqarolar murojaati – doimiy eʼtiborda.

📍 Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputatlari aholi muammolarini joyida o‘rganish va ularga amaliy ko‘mak berishda davom etmoqda.

🏢 Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati G.Anorboyeva hamda Kengashning “Qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiya raisi V.Toshpo‘latovlar “Qaliya” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lishdi.

👥 Deputatlar mahalladagi "mahalla yettiligi" aʼzolari bilan birgalikda hududda istiqomat qiluvchi fuqaro M.To‘rayevaning uy-joyini taʼmirlash masalasida yo‘llagan murojaatini joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rganib chiqdilar.

🛠 O‘rganish davomida uy-joyning holati ko‘zdan kechirilib, fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatish va taʼmirlash ishlarini tashkil etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

🔻Xalq bilan muloqot va ularning yashash sharoitlarini yaxshilash deputatlik nazoratining bosh mezonidir.

Slide 1 of 3