Новости

Ichimlik suv ta’minoti holati jamoatchilik nazoratida

Ichimlik suv ta’minoti holati jamoatchilik nazoratida.

 Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi deputati G'.Safarov hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Qiziltepa tuman Ekologik partiya tashkiloti raisi G.Raxmatovalar tomonidan "NAVOIY SUV TA’MINOT" MCHJ Qiziltepa tuman bo‘limi tasarrufidagi "Furqat" suv tarqatish inshooti jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganildi.

Mazkur inshoot 2013-yilda foydalanishga topshirilgan bo‘lib, ayni paytda Qiziltepa tumanidagi Bunyodkor, O‘zbekiston, Gulzor, Furqat va Alisher Navoiy mahallalarini toza ichimlik suvi bilan ta’minlab kelmoqda. Jamoatchilik nazorati davomida inshootning texnik holati, suv sifatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar hamda aholi uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.

Slide 1 of 4