Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputatlari A. Isroilov va J. Yoqubov Sarmich MFY hududidagi 13-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, sport zalida o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda mavjud sport jihozlarining holati bilan tanishdilar.
O‘rganish davomida sport zalining holati, mavjud sport anjomlaridan foydalanish imkoniyatlari, o‘quvchilarning jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish hamda sport bilan shug‘ullanish uchun zarur sharoitlarni yaxshilash masalalari ko‘rib chiqildi.
Deputatlar sport zalidan samarali foydalanish, sport jihozlarini soz va xavfsiz holatda saqlash, o‘quvchilarni jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlariga keng jalb etish yuzasidan o‘z tavsiyalarini bildirdilar.