Yosh avlodning puxta bilim olishi, odob-axloqli va vatanparvar inson bo‘lib voyaga yetishi jamiyat kelajagini belgilaydi.
Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi raisi, deputat X.Tilakov hamda tuman Kengashi deputati A.Isroilov 18-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, o‘quv-tarbiya jarayonlari holati bilan tanishdi.
O‘rganish davomida ta’lim sifati, darslarning tashkil etilishi, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda yoshlar tarbiyasiga oid masalalar yuzasidan fikr almashildi. Ta’lim samaradorligini oshirish, o‘quvchilarning bilim olishga qiziqishini kuchaytirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni izchil davom ettirish bo‘yicha tavsiyalar bildirildi.