Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i - Yunusov Abdulaziz Abdugapparovichning hisoboti deputatlar tomonidan tinglanib muhokama qilinmoqda.
янв.21
Toshkent shahridagi Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari – Orziyev Tolibjon Nazarovichning axboroti deputatlar tomonidan atroflicha ko‘rib chiqilmoqda.
янв.21
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Institutsional salohiyatni oshirish guruhi, moliya menejeri - Ilyosov Behzod Bozorovichlarning axborotlari deputatlar tomonidan tinglanib muhokama qilindi.
янв.21
Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari – Shovkatov Azizxon Anvarbek o‘g‘li o‘z hisobotlarini taqdim etmoqda.
янв.21
Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari – Mumoniv Obidjon Odilovicho‘z hisobotini taqdim etmoqda.
янв.21
Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari - Baxtiyev Abdurahmon Abdurashitovich o‘z hisobotini taqdim etmoqda. Masala yuzasidan Abdurahmon Abdurashitovichga deputatlar savollar yo‘llamoqda.
янв.21
Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari - Baxtiyev Abdurahmon Abdurashitovich o‘z hisobotini taqdim etmoqda. Masala yuzasidan Abdurahmon Abdurashitovichga deputatlar savollar yo‘llamoqda.
янв.21
Toshkent shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – Sotvoldiyev Nodir Abduvoxodovichning hisoboti deputatlar tomonidan atroflicha ko'rib chiqilmoqda.
янв.21
Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari – Sultanova Shaxnoza Abduvahitovnaning hisoboti deputatlar tomonidan atroflicha ko‘rib chiqilmoqda.
SOLIQ TUSHUMLARINI TA’MINLASH VA AHOLI BILAN ISHLASH MASALALARI O‘RGANILDI

Hududlarda soliq tushumlarining o‘z vaqtida va to‘liq ta’minlanishi mahalliy budjet daromadlarini shakllantirish, mavjud mablag‘lardan samarali foydalanish hamda hududlarni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi H.Qudratov tuman Soliq inspeksiyasida bo‘lib, hududlarda jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlarni undirish, soliq tushumlarini ta’minlash hamda ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

O‘rganish jarayonida jismoniy shaxslarning soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarishi, soliq qarzdorligining oldini olish va fuqarolar o‘rtasida soliq qonunchiligi bo‘yicha tushuntirish ishlarini kuchaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Deputat tomonidan soliq to‘lovchilar bilan manzilli ishlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, aholiga soliq majburiyatlari yuzasidan tushunarli ma’lumot berish hamda soliq tushumlari holatini muntazam tahlil qilib borish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

Doimiy komissiyaning ushbu yo‘nalishdagi o‘rganishlari mahalliy budjet daromadlarini mustahkamlash, soliq tushumlari barqarorligini ta’minlash va hududning iqtisodiy rivojlanishiga ko‘maklashishga qaratilgan.

Slide 1 of 1