#_O‘rganish
✅Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashi deputati O.Akromovning saylov okrugi hududida joylashgan “Qahramon” mahallasidagi 8-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati Kengash kotibiyati xodimi G.Shodiyeva tomonidan o‘rganildi.
✅O‘rganish davomida bog‘chada bolalar uchun zarur sharoitlar yaratilgani hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati yaxshi ekani qayd etildi.
✅Shu bilan birga, muassasa hududini o‘rab turgan panjaralar belgilangan talablarga javob bermasligi hamda bog‘cha qorovuli uchun maxsus qorovulxona mavjud emasligi aniqlandi.
✅ Asosiy maqsad — aniqlangan muammolarni bartaraf etish, maktabgacha ta’lim tashkilotida xavfsiz va qulay sharoitlarni yanada yaxshilash hamda muammolarni hal etishda amaliy yordam ko‘rsatishdan iborat.