Новости

Последние новости

янв.21
Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i - Yunusov Abdulaziz Abdugapparovichning hisoboti deputatlar tomonidan tinglanib muhokama qilinmoqda.
янв.21
Toshkent shahridagi Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari – Orziyev Tolibjon Nazarovichning axboroti deputatlar tomonidan atroflicha ko‘rib chiqilmoqda.
янв.21
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Institutsional salohiyatni oshirish guruhi, moliya menejeri - Ilyosov Behzod Bozorovichlarning axborotlari deputatlar tomonidan tinglanib muhokama qilindi.
янв.21
Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari – Shovkatov Azizxon Anvarbek o‘g‘li o‘z hisobotlarini taqdim etmoqda.
янв.21
Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari – Mumoniv Obidjon Odilovicho‘z hisobotini taqdim etmoqda.
янв.21
Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari - Baxtiyev Abdurahmon Abdurashitovich o‘z hisobotini taqdim etmoqda. Masala yuzasidan Abdurahmon Abdurashitovichga deputatlar savollar yo‘llamoqda.
янв.21
Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari - Baxtiyev Abdurahmon Abdurashitovich o‘z hisobotini taqdim etmoqda. Masala yuzasidan Abdurahmon Abdurashitovichga deputatlar savollar yo‘llamoqda.
янв.21
Toshkent shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – Sotvoldiyev Nodir Abduvoxodovichning hisoboti deputatlar tomonidan atroflicha ko'rib chiqilmoqda.
янв.21
Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari – Sultanova Shaxnoza Abduvahitovnaning hisoboti deputatlar tomonidan atroflicha ko‘rib chiqilmoqda.
янв.21
Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari – Xudaybergenov Dauletiyar Baxtiyarovich deputatlarga axborot bermoqda.
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH MASALALARI MUHOKAMA ETILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Tadjieva Muhabbat Haydaraliyevna tomonidan Toshkent pedagogika texnikumida pedagog xodimlar ishtirokida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Tadbirda ta’lim tizimida qonuniylik va shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda xizmat vakolatlaridan shaxsiy manfaatlar yo‘lida foydalanishning oldini olish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, pedagog xodimlarning kasbiy odob-axloq me’yorlariga rioya etishi, xizmat vazifalarini halol va vijdonan bajarishi, ta’lim jarayonida adolat va xolislik tamoyillarini ta’minlashi muhimligi ta’kidlandi.

Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish va ta’lim muassasalarida ochiqlikni ta’minlash — samarali faoliyatning muhim omilidir

Slide 1 of 5