Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i - Yunusov Abdulaziz Abdugapparovichning hisoboti deputatlar tomonidan tinglanib muhokama qilinmoqda.
янв.21
Toshkent shahridagi Xalq qabulxonasi mudiri o‘rinbosari – Orziyev Tolibjon Nazarovichning axboroti deputatlar tomonidan atroflicha ko‘rib chiqilmoqda.
янв.21
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Institutsional salohiyatni oshirish guruhi, moliya menejeri - Ilyosov Behzod Bozorovichlarning axborotlari deputatlar tomonidan tinglanib muhokama qilindi.
янв.21
Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari – Shovkatov Azizxon Anvarbek o‘g‘li o‘z hisobotlarini taqdim etmoqda.
янв.21
Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari – Mumoniv Obidjon Odilovicho‘z hisobotini taqdim etmoqda.
янв.21
Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari - Baxtiyev Abdurahmon Abdurashitovich o‘z hisobotini taqdim etmoqda. Masala yuzasidan Abdurahmon Abdurashitovichga deputatlar savollar yo‘llamoqda.
янв.21
Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari - Baxtiyev Abdurahmon Abdurashitovich o‘z hisobotini taqdim etmoqda. Masala yuzasidan Abdurahmon Abdurashitovichga deputatlar savollar yo‘llamoqda.
янв.21
Toshkent shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – Sotvoldiyev Nodir Abduvoxodovichning hisoboti deputatlar tomonidan atroflicha ko'rib chiqilmoqda.
янв.21
Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari – Sultanova Shaxnoza Abduvahitovnaning hisoboti deputatlar tomonidan atroflicha ko‘rib chiqilmoqda.
🔽FUTBOL RIVOJI — YOSHLAR KELAJAGIGA INVESTITSIYA

🔰#munosabat

🔽FUTBOL RIVOJI — YOSHLAR KELAJAGIGA INVESTITSIYA

➡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Osiyo futbol konfederatsiyasi prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifani qabul qilishi mamlakatimiz futbolini rivojlantirish va xalqaro sport hamkorligini mustahkamlash yo‘lidagi muhim uchrashuvlardan biridir.
➡️Deputat sifatidagi pozitsiyam aniq: futbolni rivojlantirish faqat professional klublar va terma jamoalar natijalari bilan cheklanib qolmasligi kerak. Eng avvalo, har bir mahallada bolalar va yoshlarning sport bilan shug‘ullanishi uchun munosib sharoit yaratilishi lozim.
➡️Bugun qishloq va mahallalarda futbol maydonlarini ta’mirlash, mavjud sport inshootlaridan samarali foydalanish, yosh iste’dodlarni aniqlash va ularni qo‘llab-quvvatlash dolzarb vazifadir. ➡️Chunki iste’dodli yoshlar faqat yirik shaharlarda emas, eng chekka hududlarda ham kamol topmoqda. Ularning imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun teng sharoit yaratish zarur.
➡️Xalq deputatlari Kengashi deputati sifatida hududimizdagi sport obyektlarining holati, yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va mavjud muammolarga befarq bo‘lmaslik kerak, deb hisoblayman. Bu borada tegishli tashkilotlar faoliyatini o‘rganish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritish va masalalarni deputatlik nazoratiga olish muhimdir.
➡️Mening fikrimcha, futbol sohasidagi har qanday islohotning haqiqiy natijasi mahalladagi bola ham sifatli maydonda shug‘ullanish, murabbiy ko‘magini olish va o‘z iste’dodini namoyon etish imkoniga ega bo‘lganda ko‘rinadi.
➡️Shu bois xalqaro hamkorlikdan kelib chiqadigan imkoniyatlarni hududlarda ommaviy sportni rivojlantirish, yoshlar bandligini mazmunli tashkil etish va sog‘lom avlodni tarbiyalashga yo‘naltirish tarafdoriman. Zero, sportga yaratilgan sharoit — yoshlar kelajagiga qo‘yilgan mustahkam poydevordir.

Ilhom Ro`ziyev,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati,

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt