Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 20-“To‘laboy” saylov okrugidan saylangan deputati O‘.Maxmudov tomonidan “To‘laboy” mahalla fuqarolar yig‘inida “Mahalla yettiligi” faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida mahallada aholi bilan ishlash, fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni aniqlash hamda ularni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi. Shuningdek, mahalladagi mavjud muammolarni aniqlash, ularning yechimi bo‘yicha tegishli choralarni belgilash va fuqarolarning kundalik hayotida uchrayotgan masalalarga e’tibor qaratish jarayonlari ko‘rib chiqildi.
“Mahalla yettiligi” a’zolarining o‘zaro hamkorligi, har bir yo‘nalish bo‘yicha belgilangan vazifalarning bajarilishi hamda aholi bilan manzilli ishlashning ahamiyati yuzasidan fikr almashildi. Fuqarolarning bandligini ta’minlash, daromad manbalarini kengaytirishga ko‘maklashish, ijtimoiy yordamga ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash va mahallada osoyishta muhitni saqlash kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganishning asosiy maqsadi — “Mahalla yettiligi” faoliyatini joyida o‘rganish, mahalladagi mavjud holat va ehtiyojlarni aniqlash, shuningdek, fuqarolar manfaatlariga xizmat qiladigan ishlarni samarali tashkil etishga ko‘maklashishdan iborat.
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi