Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi 28-sessiyasi 22-oktabr, soat 10:00 da bo‘lib o‘tadi.
янв.21
Zulfiya Mo'minovaning "Mehr uyi - biz yashayotgan uy" mavzusidagi maqolasi bilan tanishing.
янв.21
O‘ZBEKISTON VA POKISTON O‘RTASIDAGI KELISHUVLAR IJROSI PARLAMENT NAZORATI TARTIBIDA MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Deputatlik nazorati — aholi muammolari yechimi yo‘lida!
янв.21
“XURSHID” MAHALLASIDA AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI: IKKITA MUAMMO JOYIDA HAL ETILDI
янв.21
Xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi
янв.21
IJTIMOIY SHERIKLIK KOMISSIYASINING NAVBATDAGI YIG‘ILISHIDA NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
OLMAZOR TUMANIDAGI 15-SONLI MAKTABDA TA’LIM SIFATI VA O‘QUVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
UCHTEPA TUMANIDAGI “TINCHLIKOBOD” MAHALLASIDA KO‘P QAVATLI UYLARNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
UCHTEPA TUMANIDAGI 5-SONLI ISSIQLIK MARKAZINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
MAHALLA TIZIMI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI TARTIBIDA O‘RGANILDI

MAHALLA TIZIMI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI TARTIBIDA O‘RGANILDI
✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–209-son Farmoni ijrosi doirasida mahalla tizimida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
🇺🇿 Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 4-“Bo‘ston” saylov okrugidan saylangan deputat Usipxodjayev Yerlan Ormanovich tomonidan o‘zi saylangan saylov okrugidagi “Qirg‘izovul” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla raisi faoliyati hamda “mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
✅ O‘rganish davomida mahalla raisi Jumataeva Nargiza Abduxaliyevna bilan suhbat o‘tkazilib, Farmonda belgilangan vazifalar ijrosi, mahalla obodligini ta’minlash, “Obod mahalla”, “Obod ko‘cha” va “Obod xonadon” mezonlarini hayotga tatbiq etish, aholining faolligi va mas’uliyatini oshirish borasidagi ishlar muhokama qilindi.
✅ Shuningdek, mahalla raisi tomonidan “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda ularning o‘zaro hamkorligini ta’minlashga e’tibor qaratilayotgani qayd etildi. Ayni paytda mahallada xatlov ishlari tashkil etilgan bo‘lib, ushbu jarayonda aholi xonadonlaridagi mavjud holatni o‘rganish, fuqarolarning ehtiyojlarini aniqlash va mahalladagi dolzarb masalalarni belgilab olishga alohida ahamiyat berilmoqda.
🌱 Bundan tashqari, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt va buta ko‘chatlarini ekish, hududlarni obodonlashtirish hamda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan targ‘ibot ishlarini tashkil etish masalalariga ham e’tibor qaratildi.
✅ Mahalla raisi va “mahalla yettiligi” faoliyatini muvofiqlashtirish, aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash hamda ularning yechimi bo‘yicha manzilli ishlarni tashkil etish mahalla institutining samarali faoliyat yuritishida muhim ahamiyat kasb etadi.
✅ Deputatlik nazorati doirasidagi bunday o‘rganishlar mahallada amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, belgilangan vazifalar ijrosini kuzatib borish va aholi manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2