“O‘n nafar yoshga bir nafar nuroniy” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi
📌Bandixon tumanida yoshlar tarbiyasida nuroniylarning hayotiy tajribasi, ibrati va pand-nasihatlari muhim o‘rin tutishini targ‘ib etuvchi “O‘n nafar yoshga bir nafar nuroniy” tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
🤝 Tanlovda nuroniylar, jamoatchilik vakillari hamda Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati Abdimo'minov Xasan Aliqulovich faol ishtirok etdi. O‘zining tashabbuskorligi, bilim va salohiyatini namoyon etgan nuroniylar munosib taqdirlandi.
Nuroniy — hayot maktabi, yoshlar uchun ibrat timsoli!
Ushbu ezgu tashabbus yosh avlodni milliy qadriyatlarimizga hurmat, mehr-oqibat va insoniylik ruhida tarbiyalash, avlodlar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Zero, keksalar duosi, ularning boy hayotiy tajribasi va yoshlarning shijoati uyg‘unlashgan joyda ezgu qadriyatlar bardavom bo‘ladi!