📜 QONUN HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-iyuldagi O‘RQ-547-sonli “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonuni.
🔹 QONUNNING MAQSADI
Shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish, ularni qonuniy yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish.
🔹 ASOSIY YO‘NALISHLAR
Fuqarolarning shaxsiy hayoti daxlsizligini ta’minlash.
Shaxsga doir ma’lumotlarning himoyasini kafolatlash.
Ma’lumotlardan qonuniy va belgilangan maqsadlarda foydalanish.
Fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish.
🔹 FUQAROLAR NIMANI BILISHI KERAK?
✅ Shaxsga doir ma’lumotlar qonuniy asoslarda yig‘ilishi va qayta ishlanishi lozim.
✅ Ma’lumotlar belgilangan maqsadlarda ishlatilishi kerak.
✅ Shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish har bir tashkilot va mas’ul shaxsning muhim vazifasidir.
✅ Fuqarolar o‘zlariga doir ma’lumotlarning himoya qilinishiga oid qonuniy huquqlarini bilishlari zarur.
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati
Masharipov Izzatbek Masharipovich