🔘Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining navbatdagi sessiya muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda ko‘rib chiqish maqsadida shahar Kengashining “Qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.
🔻Kun tartibidagi masalalar:
🔸1. Jizzax shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy taʼmirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun manzilli dasturi ijrosi to‘g‘risida.
🔸2. Jizzax shahrining 2026 yil kuzgi mavsumi uchun «Yashil dasturi»ni tasdiqlash to‘g‘risida.
🔹Yig‘ilish davomida, doimiy komissiya aʼzolari yuqoridagi masalalar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdilar. Yig‘ilish so‘ngida deputatlar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalarni inobatga olib, doimiy komissiyaning tegishli qarorlari qabul qilindi.
📲 Bizni kuzatib boring:👇
🌎 kengash.gov.uz 📱 Youtube 📱 Telegram 📱 Facebook