Go‘sht mahsulotlari aholiga qulay narxlarda!
O‘rganish davomida go‘sht mahsulotlari har yakshanba kuni aholiga arzonlashtirilgan narxlarda taklif etilayotgani ma’lum bo‘ldi. Juma kuni ish bilan band bo‘lib, bozorga chiqishga ulgurmaydigan fuqarolar ehtiyoji ham inobatga olinib, go‘sht savdosi yakshanba kunlari ham arzon narxlarda tashkil etilgan.
Ushbu qulaylik aholi tomonidan mamnuniyat bilan qarshi olinmoqda.
Shuningdek, bozorlarda kundalik ehtiyoj uchun zarur mahsulotlarning narxlari va yetarli miqdorda mavjudligi masalalariga ham e’tibor qaratildi.
Aholi manfaatlari va iste’mol bozori barqarorligi — doimiy e’tiborda!