Popda obodonlashtirish ishlari qizg‘in: 93 ta qabristonda ezgu tashabbus!
Obodlik — ajdodlar xotirasiga ehtirom, milliy qadriyatlarimizga sadoqat ifodasi.Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, Pop tumani hokimi G’ulomjon Murodxo’jayev boshchiligida tumanidagi barcha 93 ta qabristonda obodonlashtirish va qurilish-ta’mirlash ishlari bo’yicha keng ko‘lamda olib borilmoqda.
Ushbu xayrli ishlar uchun qariyb 1,5 milliard so‘mlik qurilish materiallari xarid qilingan. Mahallalar ahli ishtirokidagi hasharlar orqali qabristonlar hududlari obod etilmoqda, mavjud infratuzilma yaxshilanib, ziyoratgohlar tartibga keltirilmoqda.
Bu — shunchaki obodonlashtirish emas, balki o‘tganlar xotirasini e’zozlash, muqaddas qadamjolarni asrab-avaylash va ezgu an’analarimizni kelajak avlodlarga yetkazish yo‘lidagi xayrli amaldir. Ezgu niyat, birdamlik va hamjihatlik bor joyda obodlik bardavom!