SESSIYADA MAHALLIY BUDJET MASALASI YUZASIDAN DOIMIY KOMISSIYA XULOSASI TINGLANDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi sessiyasida 2026-yil III chorak davomida jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar hisoboti yuzasidan muhokamalar davom ettirildi.
🗣️ Ushbu masala yuzasidan Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi xulosasi tinglandi.
📊 Muhokama jarayonida ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanish, jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan loyihalarning o‘z vaqtida amalga oshirilishi hamda budjet mablag‘lari sarfi ustidan nazoratni kuchaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.
🌐 Shuningdek, deputatlar tomonidan ko‘tarilgan savollar, jumladan, elektr ta’minoti bilan bog‘liq deputatlik murojaatlari ijrosi yuzasidan mas’ul tashkilotlar faoliyatini nazorat qilish muhimligi ta’kidlandi.