#24_masala
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 1-Do‘stlik saylov okrugidan saylangan deputati O‘.Omonov Do‘stlik mahallasida ijtimoiy xodim bilan uchrashib, nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash masalalarini muhokama qildi.
Suhbat davomida mahallada yashovchi nogironligi bo‘lgan fuqarolarning ehtiyojlarini aniqlash, ularga zarur ijtimoiy xizmatlar va amaliy yordam ko‘rsatish, shuningdek, kundalik hayotda duch kelayotgan muammolarini hal etishga ko‘maklashish masalalariga e’tibor qaratildi.
Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash, ularning ehtiyojlariga o‘z vaqtida munosabat bildirish va zarur yordamni tashkil etishda mahalla hamda ijtimoiy xodimlar hamkorligi muhim ahamiyatga ega.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|