Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi 28-sessiyasi 22-oktabr, soat 10:00 da bo‘lib o‘tadi.
янв.21
Zulfiya Mo'minovaning "Mehr uyi - biz yashayotgan uy" mavzusidagi maqolasi bilan tanishing.
янв.21
O‘ZBEKISTON VA POKISTON O‘RTASIDAGI KELISHUVLAR IJROSI PARLAMENT NAZORATI TARTIBIDA MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Deputatlik nazorati — aholi muammolari yechimi yo‘lida!
янв.21
“XURSHID” MAHALLASIDA AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILDI: IKKITA MUAMMO JOYIDA HAL ETILDI
янв.21
Xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi
янв.21
IJTIMOIY SHERIKLIK KOMISSIYASINING NAVBATDAGI YIG‘ILISHIDA NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
OLMAZOR TUMANIDAGI 15-SONLI MAKTABDA TA’LIM SIFATI VA O‘QUVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
UCHTEPA TUMANIDAGI “TINCHLIKOBOD” MAHALLASIDA KO‘P QAVATLI UYLARNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
UCHTEPA TUMANIDAGI 5-SONLI ISSIQLIK MARKAZINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
Deputat va soliq inspektori diqqat markazida: A.Bakiyev Bahoriston MFYdagi murojaatlarni joyida o‘rgandi

🇺🇿Deputat va soliq inspektori diqqat markazida: A.Bakiyev Bahoriston MFYdagi murojaatlarni joyida o‘rgandi

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati A.Bakiyev 2-Shodlik saylov okrugiga tegishli Bahoriston mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, fuqarolarning muammo va murojaatlarini bevosita joyiga chiqqan holda o‘rgandi.

O‘rganishlar davomida asosiy e’tibor mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga, xususan, "mahalla yettiligi" tarkibidagi soliq inspektorining faoliyatiga qaratildi.

Jarayonda soliq inspektorining aholi bilan ishlash tizimi, mahalladagi soliq tushumlari, soliqqa tortish bazasini kengaytirish hamda fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati tanqidiy-tahliliy ruhda ko‘zdan kechirildi. Deputat tomonidan soliq inspektoriga aholining murojaatlarini ijobiy hal etish, soliq qonunchiligi bo‘yicha tushuntirish ishlarini yanada kuchaytirish va mahalladagi tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan aniq tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.