“Adolat” SDPdan saylangan Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati, Kengash Kotibiyati mudiri M.Urazbayev hamda soha mas’ullari ishtirokida tumandagi ijtimoiy soha ob’yektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati bo‘yicha deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazilmoqda.
Deputatlik nazorati tadbirlari doirasida navbatdagi o‘rganish tumandagi 43-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi.
O‘rganishlar davomida quyidagi asosiy masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
❄️ Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: Bino va inshootlarning isitish tizimi holati, issiqlik va energiya tejamkorligi hamda mavsumga shayligi ko‘zdan kechirildi.
📚 “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi: Muassasada ta’lim sifati va samaradorligi, o‘quvchi hamda o‘qituvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va qonunchilik talablarining bajarilishi nazorat qilindi.
O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi hamda ijrosi nazoratga olindi.