Новости

Последние новости

янв.21
TOSHKENT SHAHAR KENGASHIDA JANUBIY KOREYA DELEGATSIYASI BILAN HAMKORLIK UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
O‘RGANISHLARNING YAKUNIY MANZILI — 1-SONLI TOSHKENT SHAHAR BOLALAR KLINIK SHIFOXONASI
янв.21
YUNUSOBOD TUMANI MARKAZIY KO‘P TARMOQLI POLIKLINIKASIDA AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLIY KENGASHLAR FAOLIYATIDA IJRO INTIZOMI VA DEPUTATLAR FAOLLIGINI OSHIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
YASHNOBOD TUMANIDAGI 67-SON OILAVIY POLIKLINIKA FILIALIDA TIBBIY XIZMATLAR SIFATI VA KASALLIKLAR PROFILAKTIKASI O‘RGANILDI
янв.21
“IJODKOR” MAHALLASIDAGI 15 TA XONADONNI OQOVA SUV TARMOG‘I BILAN TA’MINLASH BO‘YICHA 700 METR YANGI TARMOQ QURISH REJALASHTIRILMOQDA
янв.21
TOSHKENT SHAHAR SOG‘LIQNI SAQLASH BOSHQARMASI FAOLIYATI O‘RGANILADI
янв.21
Til — millatning ma’naviy tayanchi va taraqqiyot mezoni
янв.21
“OTCHOPAR-1” MAHALLASIDAGI MINI FUTBOL MAYDONCHASI O‘RGANILDI
янв.21
“SHAROF RASHIDOV” MAHALLASIDAGI ICHKI YO‘L VA PIYODALAR YO‘LAGINI TA’MIRLASH BO‘YICHA TEGISHLI TOPSHIRIQLAR BERILDI
Ijtimoiy yordam ko‘rsatilgan xonadon holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 9-“Shaldiramoq” saylov okrugidan saylangan deputat F.Qaxxarova tomonidan “Shaldiramoq” mahalla fuqarolar yig‘inida Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning turmush sharoiti va ijtimoiy ehtiyojlarini o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar davomida Shaldiramoq ko‘chasi, 3-uy, 24-xonadonda istiqomat qiluvchi fuqaro X.Ataxanovaning xonadoniga tashrif buyurilib, oilaning yashash sharoiti va mavjud ehtiyojlari bilan tanishildi.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro oilasiga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi tomonidan vaucher asosida oziq-ovqat va kiyim-kechak mahsulotlarini xarid qilish uchun yordam ko‘rsatilgan.

Shuningdek, oilaning yashash sharoitini yaxshilash maqsadida fuqaroning uyi ta’mirlab berilgani ma’lum qilindi. Mazkur yordamlar oilaning kundalik turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan.

Tashrif davomida oilaga ko‘rsatilgan ijtimoiy ko‘mak choralari va yashash sharoitini yaxshilash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar o‘rganildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3