📌 XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan 22-Bo‘ston saylov okrugidagi “Oqtepa” mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli Sh. Yo‘dgorovaning faoliyati o‘rganildi.
🔹 O‘rganish davomida xotin-qizlar faoli tomonidan mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, xotin-qizlarning muammolarini aniqlash va hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda bandligini ta’minlash borasidagi faoliyatiga e’tibor qaratildi.
🔹 Shuningdek, xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish va belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning manfaatlarini himoya qilish — muhim vazifa!
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube