📌 SOLIQ INSPEKSIYASI RAHBARINING HISOBOTI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi O. Tursunov tomonidan tuman Davlat soliq inspeksiyasi rahbari Akramov Bahriddin Barakayevichning 2026-yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti o‘rganildi.
🔹 Hisobotda mahalliy budjet daromadlari rejasining bajarilishi, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning undirilishi, soliq qarzdorligini qisqartirish hamda yashirin iqtisodiyotning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlarga e’tibor qaratildi.
🔹 Shuningdek, mahalliy budjet daromadlarini oshirish, soliq tushumlarini o‘z vaqtida ta’minlash, soliq qarzdorligini kamaytirish va soliq qonunchiligiga rioya etilishi masalalari ko‘rib chiqildi.
📊 Mazkur masala yuzasidan tegishli ma’lumotlar o‘rganilib, hisobotni Kengash sessiyasida ko‘rib chiqishga tayyorgarlik masalalariga e’tibor qaratildi.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube